Tailand politsiyasi rasmiy manbalar orqali isroilliklarni nishonga olgan ehtimoliy terakt haqida ogohlantirdi. Hujum 15-noyabr, juma kuni Koh Phangan kurort orolida har oy o‘tkaziladigan “Fol Moon Party” chog‘ida sodir bo‘lishi kutilmoqda.
Mahalliy politsiya orolda xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.
Isroil bosh vaziri devonining qayd etishicha, Isroil xavfsizlik kuchlari Tailand razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda bir necha oy davomida isroillik sayyohlarga qarshi tahdidlarning oldini olish uchun ish olib bormoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111411 | Инструменты