Tehronda joylashgan kasalxonadagi portlash oqibatida 19 kishi halok bo’ldi

Eron poytaxti Tehronning shimolidagi shifoxonada sodir bo'lgan portlash oqibatida o'n to'qqiz kishi vafot etdi, olti kishi jarohatlandi.

Portlashga gaz sizib chiqishi sabab bo’lgan, deya xabar berdi Tehron hokimi o'rinbosari Hamid Rizo Gudarzi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Shimoliy Tehron hududida bir nechta portlash sodir bo'lganini, o’t o’chiruvchilar olovni bartaraf etish uchun bino tomiga chiqqanini  ko’rish mumkin.

25 nafar xodimi bo'lgan kasalxona asosan yengil jarrohlik va tibbiy ko’riklarni amalga oshirib klegan.  


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50912 | Инструменты