Obunaning narxi, foydalanuvchilar qanday imkoniyatlarga ega bo'lishi ma'lum qilindi
“Telegram” ijtimoiy tarmog'ining pullik obuna versiyasi yo'lga qo'yilishi mumkin. Bu haqda kompaniyadagi insayderlar hamda “iPhones.ru” xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, obuna messenjerning funksional imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Shunday qilib, pulli foydalanuvchilarda, nihoyat ovozli xabarlarni matnga aylantirish, 2 gigabayt o'rniga 4 gigabaytgacha boʻlgan fayllarni yuklash hamda oʻrnatilgan reklamani oʻchirish imkoni paydo boʻladi.
Bundan tashqari, ushbu premium obuna messenjerdagi cheklovlarni ikki baravarga oshiradi. Masalan, himoyalangan suhbatlar soni beshdan oʻntaga, papkalar soni esa oʻndan yigirmatagacha koʻpayadi. Yana bir yoqimli bonus: eksklyuziv stikerlar hamda kontentni tezroq yuklash. Hozircha, pullik obuna oyiga 4,99 dollar (hozirgi kursga ko'ra, taxminan 55 ming so'm)ni tashkil etishi mumkinligi aytilmoqda.
Premium versiyada foydalanuvchilar:
— barcha messenjer chegaralarini ikki baravar oshirish;
— yuklashda maksimal fayl hajmi 2 dan 4 GB gacha oshirish;
— media fayllar hamda hujjatlarni yuklab olish tezligi chegarasini o'chirish;
— ovozli xabarlarni matnga aylantirish;
— kanallarda o'rnatilgan reklamani o'chirish;
— xabarlarga nisbatan kengaytirilgan reaksiyalar to'plamiga ega bo'lish;
— to'liq ekran effektlari bilan premium stikerlarga ega bo'lish;
— barcha yangi chatlarni avtomatik arxivlash;
— nomning yonidagi noyob abonent nishoniga ega bo'lish;
— chat ro'yxati va dialog oynalarida jonlantirilgan avatarlar;
— qo'shimcha dastur piktogrammalariga ega bo'lishadi.
Maʼlumot oʻrnida, “Telegram” hali rasmiy ravishda obuna toʻgʻrisida hech qanday yangilik eʼlon qilmadi. Premium versiya haqidagi xabarni kompaniyadagi insayderlar tarmoqqa sizdirdi. Biroq, yaqinda messenjer o'zining shioridagi “Abadiy bepul”, deyilgan qismini o'chirib tashladi. Bu ham pullik obuna chiqishiga belgi sifatida qaralmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50321 | Инструменты
Dahshat bo'ladi
Зўр бўлади.
Juda zoʻr boʻlardi
Telegram yangi versiyasi bolsa yomon boʻlmasdi telegram ga yangi funksiyalar qoshinglar
Zor