Huawei 1
Andijonda Lacetti devorga urilib, uni yorib o‘tib ketdi

Bugun, 3 may kuni Andijon viloyati Buloqboshi tumanida Lacetti devorga urilib, uni yorib o‘tib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 12:10 larda Buloqboshi tumani “Rivoj” MFY Yangi ariq ko‘chasida 1990 yilda tug‘ilgan haydovchi S.S. o‘zining Lacetti rusumli avtomashinasida Buloqboshi tuman markaziga qarab harakatlanib ketayotib, quvib o‘tish qoidasini buzishi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi devorga borib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Bildirilishicha, ushbu YTH oqibatida avtomashina oldi o‘rindig‘ida bo‘lgan yo‘lovchi tan jarohati olib, tuman shifoxonasiga murojaat qilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB YHXG masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50411 | Инструменты