Huawei 1
Tesla kompaniyasi ruli va pedali bo‘lmagan robot taksini namoyish qildi

Amerikalik milliarder Ilon Mask “Biz, robot” deb nomlangan tadbirda Tesla kompaniyasining so‘nggi yutuqlari — odamsimon robot, rul va pedali bo‘lmagan robot taksi va 20 kishilik sig‘imga ega “robofurgon”ni taqdim etdi.


Robot taksi


Maskning aytishicha, Cybercab avtomobilida sayohat qilish oddiy mashinalarga qaraganda o‘n baravar osonlashadi. Milliarder “robotaksi”ni lift bilan taqqoslagan — tugmani bosish kifoya va qolgan hamma narsani unutish mumkin.

“Ko‘rganingizdek, men bu yerga robotaksida kelganman. O‘ylaymanki, bizni yorqin kelajak kutmoqda”, degan Mask taqdimotda.

Kelajakni aks ettiruvchi ushbu avtomobil narxi 30 ming dollardan oshmaydi va uni ommaviy ishlab chiqarish 2026-yildan boshlanadi. Tesla rahbari kompaniyaning maqsadi “yo‘llarning qiyofasini o‘zgartirish” va kelajakdek ko‘rinishini ta’minlash ekanini aytgan. “Robotaksi” sun’iy intellekt tomonidan boshqariladi va induktiv (kabelsiz ishlaydigan) zaryadlovchi qurilmalar bilan jihozlangan.

Odamsimon robot

Tesla Optimus kundalik insoniy vazifalarni, buyurtmalarni qabul qilishdan tortib bolalarga qarashgacha, bajara oladi. Ilon Mask bu robotlar xuddi Tesla avtomobillariga o‘xshashi, faqat “g‘ildiraklar o‘rniga oyoq va qo‘llar” ekanini aytdi.

Optimus — sizning shaxsiy C3PO yoki R2-D2 kabi, ammo undan ham yaxshiroq. U sanoatdagi jismoniy mehnatni ham tubdan o‘zgartirib yuboradi, deydi Mask.

Milliarder kelajakda ko‘plab oilalar Optimus robotini sotib olishga qurbi yetishiga umid qilmoqda. Bunday robotning rejalashtirilgan narxi 20-30 ming dollarni tashkil etadi. 

“Robofurgon”

Robovan 20 kishini sig‘dira oladi va uni tijorat yoki shaxsiy maqsadlarda — maktab avtobusi, avtouy yoki yuk mashinasi sifatida moslashtirib ishlatish mumkin.

Robofurgon haqida ko‘p ma’lumot mavjud emas. Biroq uning ichki qismi quyidagi ko‘rinishga ega:

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110606 | Инструменты