Fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha 2025 yilgi Nobel mukofoti Meri Brunkou (AQSh), Fred Ramsdell (AQSh) va Shimon Sakaguchiga (Yaponiya) berildi. Ular “periferik immunologik tolerantlik bo‘yicha kashfiyotlar uchun” mukofotga loyiq ko‘rilgan.
Nobel qo‘mitasi press-relizida keltirilishicha, olimlar immunitet tizimining “qo‘riqchilari” — immunitet hujayralarining tanaga hujum qilishining oldini oluvchi regulyator T-hujayralarini aniqlagan. Ularning kashfiyotlari periferik tolerantlikni o‘rganishni boshlab bergan, saraton va autoimmun kasalliklarni davolash usullarini ishlab chiqishni rag‘batlantirgan. Qayd etilishicha, ushbu davolash usullarining ba’zilari hozirda klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100619 | Инструменты