Ravshan Ermatov:
Assalomu alaykum, hurmatli jurnalistlar, aziz hamkasabalar va futbol ishqibozlari.
Bugun mamlakatimiz futboli uchun muhim voqea — yangi bosh murabbiy ishtirokida matbuot anjumanini o‘tkazish uchun yig‘ildik.
Murabbiyning oldiga qo‘yilgan asosiy vazifa aniq: jamoani jahon chempionatida munosib ishtirok etishga tayyorlash. Bu yo‘lda biz unga to‘liq ishonch bildiramiz. Shu bilan birga, milliy jamoaning barqarorligini saqlash uchun Timur Kapadze yordamchi murabbiy sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda turli raqamlar tilga olinmoqda, ammo shuni ochiq aytmoqchimanki — bu mish-mish xolos. O‘FA barcha jarayonlarni qonuniy, shaffof va o‘z imkoniyatlari doirasida amalga oshirgan.
Tarixiy natija qayd etib, Jahon chempionatiga yo‘l olishimizda mehnati singgan barcha murabbiylarga, xususan Srechko Katanes va Timur Kapadzega chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Jahon chempionati bu katta musobaqa uni butun dunyo tomosha qiladi va futbol ommasining nigohi O‘zbekistonga qaratiladi. Shu sababli turnirda munosib ishtirok etish va mundial havosini olib kirish uchun aynan futbolchi sifatida ishtirok etgan mutaxassisni jalb qilish ko‘zda tutilgan edi. O‘FA rahbariyati hamda Murabbiylar kengashi tomonidan jamoamizni Jahon chempionatiga tayyorlash uchun italiyalik mutaxassis — Fabio Kannavarro bosh murabbiy etib tayinlanishi maqsadga muvofiq deb topildi.
Kannavaro futbol tarixidagi eng yaxshi himoyachisi edi, istaymizmi yo'qmi Jahon chempionatida natija qayd etish uchun himoyani mustahkam saqlash talab etiladi: U Jahon chempioni, “Oltin to‘p” sohibi va o‘z vaqtida himoyada ishonch, intizom hamda yetakchilik timsoli bo‘lgan. Himoyaviy o'yin uslubi natija berishini ko'rdik, Biz ishonamizki, u o‘zining xalqaro tajribasi, professional madaniyati va taktikasidagi qat’iylik orqali milliy jamoamizga yangi ruh va yangi tizim olib kiradi.
Yangi bosh murabbiy bilan 2+3 ko‘rinishida shartnoma imzolandi. Biz uzoq muddatli hamkorlikni ustivor deb bilamiz. Osiyo va Jahon chempionatlarida munosib ishtirok etamiz.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100619 | Инструменты