“Tolibon” harakati mamlakatda shaxmat o‘yinini rasman taqiqladi.
Tolibon rasmiylari shaxmatni tasodif o‘yini bo‘lib, islom diniga to‘g‘ri kelmaydi deya taqiqladi.
Ushbu tashabbus «Ezgu ishlarga targ‘ibot va yovuzlikning oldini olish vazirligi» tomonidan ilgari surilgan va u Afg‘oniston amiri tomonidan shaxsan imzolangan.
Shaxmat sporti Afg‘onistonda so‘nggi yillarda keng ommalashgan edi. Ayniqsa, yoshlar orasida qiziqish ortib, bir nechta iqtidorli sportchilar xalqaro turnirlarda ishtirok etishga ulgurgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51211 | Инструменты