Huawei 1
Tramp bugun Oq Uyga qaytadi. Uni qanday dori vositalari bilan davolashdi?

AQSh Prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasida o’tgan haftada koronavirus infeksiyasi aniqlangan edi. Xozirda juftlikka dorilar qatorida vitamin D va aspirin tabletkalari berilayotgani ma’lum bo’ldi.

Juma kuni Oulter Rid Milliy harbiy tibbiyot markaziga olib kelingan 74 yoshli Tramp bugunoq Qq uyga, prezidentlik vazifalarini davom ettirish uchun qaytishi mumkin, bu yerda shifokorlar besh kunlik muolaja doirasida remdesivir bilan davolashni davom ettiradilar.

Shifokorlarning aytishicha, Tramp payshanba va juma kunlari qo'shimcha kislorod olib, deksametazon qabul qilgan.  

Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, deksametazon qo'shimcha kislorodga muhtoj bo'lgan va COVID-19 bilan kasalxonaga yotqizilgan bemorlarning omon qolishida eng kerakli dori ekan.

Ammo u yengil holatlarda berilmasligi kerak, chunki u Amerika yuqumli kasalliklar jamiyati tavsiyalariga ko'ra, organizmning virusga qarshi kurashish qobiliyatini cheklashi ham mumkin.

Tramp, shuningdek, Regeneron, sink, D vitamini, famotidin, melatonin va aspirin kabi dori va vitamin vositalarini qabul qilmoqda.

Pandemiyaning boshida Tramp infeksiyani davolash uchun gidroksichloroxin dori vositasini qo'llashni tavsiya qilgan edi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga