Donald Trampning buyrug‘i bilan Rossiya bilan bog‘langan kemalarni Amerika portlariga qabul qilish taqiqi yana bir yilga uzaytirildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya bayrog‘i ostida suzuvchi yoki boshqa yo‘l bilan Rossiya Federatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan kemalarni Amerika portlariga qabul qilish taqiqini bir yilga uzaytirdi. Bu haqda 16-aprel, chorshanba kuni AQSh Federal reestrida e’lon qilingan farmonda aytiladi.
Taqiq birinchi marta 2022-yil aprel oyida AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden tomonidan kiritilgan edi. Tramp imzolagan farmonda Rossiya hukumatining siyosati va harakatlari AQSh milliy xavfsizligiga tahdid solishi davom etayotgani aytiladi.
2022-yilda Jo Bayden bu taqiq “Rossiyani xalqaro iqtisodiy tizimning o‘tmishda bahramand bo‘lgan afzalliklaridan mahrum etishini” aytdi.
Rossiya AQSh sanksiyalari tufayli neft va gaz daromadlarining 20 foizini yo‘qotdi
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi uchun joriy etgan Amerika sanksiyalarini kuchaytirish fonida Rossiya byudjeti neft va gazdan tushgan daromadlarning deyarli 20 foizini yo‘qotdi, deb yozadi 5-mart kuni The Moscow Times rus xizmati Rossiya Moliya vazirligi ma’lumotlariga tayanib. Nashr tushuntirganidek, bosim kuchayganligi sababli neft kompaniyalari o'z mahsulotlariga chegirmalarni oshirishga majbur bo'lmoqda va bu federal byudjetning xom ashyo daromadlariga ta'sir qildi.
Fevral oyi natijalariga ko'ra, g'aznaga neft va gaz kompaniyalaridan 771,3 milliard rubl soliq tushdi - bu o'tgan yilga nisbatan 18 foizga kam.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41911 | Инструменты