Huawei 1
Tramp saylovda yutqazsa, nomzodini boshqa qo‘ymasligini aytdi

AQSH sobiq rahbari va prezidentlikka nomzod Donald Tramp agar noyabrdagi saylovlarda mag‘lubiyatga uchrasa, nomzodini boshqa qo‘ymasligini aytdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Full Measure teleko‘rsatuvida boshlovchisi siyosatchiga tegishli savol bilan murojaat qilgan. Trampdan 2028-yilda prezidentlikka qaytishga yana bir bor urinib ko‘rishi ehtimoli so‘ralgan.

Yo‘q. Menimcha, hammasi shu bilan tugaydi. Men (yana nomzod sifatida) o‘zimni umuman ko‘rmayapman. Umid qilamanki, biz juda muvaffaqiyatli chiqamiz, degan 78 yoshli Tramp.

AQSH qonuniga ko‘ra, odam ikki muddatdan ortiq prezidentlik lavozimini egallashi mumkin emas. Shu uchun Tramp g‘alaba qozongan taqdirda ham 2028-yilda yana o‘z nomzodini qo‘ya olmaydi.

Avvalroq Tramp demokrat Kamala Harris bilan yana teledebat o‘tkazishdan bosh tortgandi. U qarorini quyidagicha izohlagan:

U faqat bitta debat olib bordi. Men ikki marta o‘tkazdim. Yana birini o‘tkazishga juda kech. Ovozlar berildi, dedi u.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, raqobatchisi Fox telekanalida buni amalga oshirish imkoniyatiga ega edi.

Bilasizmi, Fox bizni taklif qildi va men kutdim, kutdim, lekin ular rad etishdi. Ular rad etishdi. Endi u saylov oldidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri CNN telekanalida debat o‘tkazishni xohlaydi, chunki u yutqazadi, dedi nomzod.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92320 | Инструменты