AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 24 soat ichida Ukrainadagi mojaroga barham berish bo‘yicha muzokara olib borishi mumkinligini aytdi. U bu haqda o‘zi tomonidan asos solingan Truth Social ijtimiy tarmog‘ida post qoldirgan.
“Agar men AQSH prezidenti bo‘lganimda, Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi urush hech qachon roʻy bermagan boʻlardi. Lekin hozir ham, prezident sifatida, bu dahshatli urushni 24 soat ichida tugatishga rozi boʻlishim mumkin edi”, - deb yozgan u tarmoqda.
Tramp AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining Ukrainaga nisbatan xatti-harakatlarini izohlar ekan, Kiyevga millionlab dollarlik yordam jo‘natmay, mojaroga kelishuv bilan chek qo‘yish kerakligini har doim ta’kidlab keladi.
Bundan tashqari, Tramp AQSHning harakatlari tufayli Ukrainadagi vaziyat uchinchi jahon urushiga aylanishi mumkinligi haqida bir necha bor ogohlantirgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60312 | Инструменты