AQSh prezidentining aytishicha, Eron mintaqada "terrorchilik faoliyatini" tarqatmoqda va bu maqsadda Ansorulloh qo'llanilmoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp Yamanning Ansorulloh harakati (husiylar)ni yana “xorijiy terrorchi tashkilotlar” ro‘yxatiga kiritdi.
Tramp Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiylarni ro‘yxatga qaytarish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bayonotida u 2021-yilgi prezidentligining so‘nggi kunlarida guruhni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritganini esladi. Biroq, Jo Bayden ma'muriyati hokimiyatga kelganidan bir necha oy o'tgach, husiylarni ushbu ro'yxatdan olib tashladi, dedi prezident.
Tramp Eron mintaqada “terrorchilik faoliyatini” tarqatayotganini va bu maqsadlarda Ansorullohdan foydalanayotganini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, tashkilot Qizil dengizdagi kemalarga hujumlar tufayli xavf tug‘diradi va bu uning terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga qaytishiga sabab bo‘lgan.
Trampning buyrugʻiga koʻra, AQSh Davlat departamenti husiylarni 30 kun ichida rasman xorijiy terrorchi tashkilotlar roʻyxatiga qaytaradi.
2021-yil 16-fevralda AQShning sobiq davlat kotibi Entoni Blinken “Ansorulloh” harakati terrorchilik tashkilotlari roʻyxatidan chiqarilganini eʼlon qildi. O‘shanda bu qaror Yamandagi gumanitar vaziyat yomonlashgani bilan izohlangan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12320 | Инструменты