Joriy yilning 1-iyul kunidan boshlab Anqara Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozlari orqali kemalarning o‘tishi uchun to‘lovni sakkiz foizdan ko‘proqqa oshiradi. Ushbu ma’lumotni Transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir O‘ralo‘g‘li mahalliy nashrlarga bergan intervyusida tasdiqlagan, deya yozmoqda Ria Novosti.
“2023-yilning 1-iyulidan boshlab biz ushbu to‘lovni yana 4,42 AQSh dollariga (o‘sish 8,3 foizga) yangilayapmiz”, – deya ta’kidlagan O‘ralo‘g‘li.
Transport va infratuzilma vazirligi huzuridagi Dengizchilik bosh boshqarmasi qaroriga ko‘ra, tariflarning oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu qarordan keyin joriy yilda mamlakatning ushbu sohadagi daromadi 900 million dollargacha yetishi mumkin.
O‘tgan yilning oktyabr oyida Turkiya hukumati savdo kemalarining Bosfor va Dardanell bo‘g‘ozlaridan o‘tishi uchun to‘lovlarni besh barobarga (4,08 dollargacha) oshirgan edi.
Tarif oltin frank asosida 1936-yilda bo‘g‘ozlarda yuk tashishni tartibga soluvchi Montryo (Shvetsiya) konvensiyasi imzolanganidan beri hisoblab chiqilgan. Hujjat imzolangan vaqtda oltin frank 0,8 dollarga tenglashtirildi. Montryo konvensiyasi 1936-yilda qabul qilingan. U tinch va urush davrida savdo kemalari uchun bo‘g‘ozlar orqali harakatlanish erkinligini saqlaydi, lekin turli navigatsiya rejimlarini o‘rnatadi. Shu bilan birga, hujjat Qora dengizdan tashqari davlatlar harbiy kemalarining Qora dengizda qolishini uch haftagacha cheklaydi.
Favqulodda vaziyatlarda Turkiya harbiylarning Bosfor va Dardanel orqali o‘tishini taqiqlashi yoki cheklashi mumkin. Kelishuvga ko‘ra, Anqara bo‘g‘ozlardan o‘tuvchi kemalardan dengiz chiroqlari, evakuatsiya va tibbiy yordam uchun haq olish huquqiga ega.
Alpha version: 0.9.1.19 build 33109 | Инструменты