Huawei 1
Turkiyada tungi klubda sodir etilgan terakt uchun o‘zbekistonlik fuqaroga nisbatan 40 umrbod qamoq jazosi belgilandi

Turkiya Oliy sudi 2017-yilda Istanbuldagi tungi klubga hujum uyushtirgan shaxsga nisbatan chiqarilgan 40 umrbod qamoq jazosini o‘z kuchida qoldirdi. Bu haqda CNN Turk telekanali xabar berdi.

Sud O‘zbekistonda tug‘ilgan mahkum Abdulg‘adir Masharipovning arizalarini ko‘rib chiqib, hukmlar qonun hujjatlariga zid emasligi haqida qaror chiqardi.

2020-yilda u 39 kishini birinchi darajali qotillik va 79 kishini o'ldirishga suiqasd qilishda aybdor deb topildi va og'irlashtirilgan holatlar bilan 40 marta umrbod qamoq jazosiga va har bir ayblov uchun 1368-yil qamoq jazosiga hukm qilindi.

Ma'lumot o'rnida, Istanbulning O‘rtako‘y tumanidagi Reina tungi klubiga hujum 2017-yilning 1-yanvarida sodir bo‘ldi. Terrorchi klub darvozasi oldida politsiyachini o‘ldirgan, so‘ng olomonga avtomatdan o‘q uzgan. Hujum sodir bo‘lgan vaqtda tungi klubda Yangi yilni nishonlayotgan 700-800 kishi bo‘lgan. Bir necha kishi qochish uchun Bosforga sakragan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12319 | Инструменты