Huawei 2
Turkiyada virusga qarshi bir martalik joynamozlar ishlab chiqarilmoqda

Turkiyadagi kompaniyalardan biri koronavirusdan ximoyalanishda musulmonlarga ibodat qilish uchun xavfsiz va bir martalik joynamozlarni taklif qildi.  

Odamlarni infeksiyadan va boshqa turdagi viruslardan ximoya qilish maqsadida, Koniyadagi   kompaniya bir martalik qulay va yengil bo’lgan joynamozlarni ishlab chiqarishni boshladi.  

Pratikser kompaniyasining savdo va marketing bo'yicha direktori Jelal Ertanning aytishicha, bu turdagi mahsulotlar 2 xil turda ishlab chiqiladi.

Koronavirus sharoitida bir martalik mahsulotlarga bo'lgan talab ortib bormoqda.

Jumladan, shu kunlarda, joynamozlarga, sartaroshxona jixozlariga, sohillardagi quyoshga qarshi soyabonlarda qo’llaniladigan qoplamalarga talab juda katta.

1964 yilda tashkil etilgan kompaniya har qanday muhitda uylar, ofislar, ish joylari, shifoxonalar, klinikalar, shifokorlar va boshqa joylarda foydalanish uchun bir martalik mahsulotlarning keng doirasini ishlab chiqaradi.

Yopiq yoki ochiq havoda ishlatilishi mumkin bo'lgan ushbu bir marotabalik barcha mahsulotlar gigiyenik va ekologik jihatdan qulaydir.

Hozirgi vaqtda joynamozlar Saudiya Arabistoni, Shimoliy Iroq, Qatar, Dubay va Birlashgan Arab Amirliklari kabi Yaqin Sharqdagi yigirmatadan ko'proq mamlakatlardan eksport qilinmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga