Turkiyada yuz bergan vayronkor zilzilalarning umumiy zarari 105 milliard dollardan oshdi. Bu haqda Turkiya Moliya vazirligi xabar bermoqda.
"Qahramanmaras va Hataydagi zilzilalarning umumiy zarari 1999-yilda ro’y bergan Marmara dengizi mintaqasidagi zilzilalarnikidan olti baravar ko’pdir. "Asrning tabiiy ofati"dan ko’rilgan zarar taxminan 2 trillion turk lirasini (105 milliard dollar) tashkil etmoqda”, - deyiladi Moliya vazirligi hisobotida.
Qayd etilishicha, tabiiy ofatdan ko’rilgan to’g’ridan-to’g’ri moddiy zarar 1,6 trillion lirani (deyarli 842 ming dollar) tashkil qilgan.
Ma’lumotlarga ko’ra, jami yo’qotishlar Turkiyaning 2023-yilda prognoz qilingan YaIMning 9 foiziga to’g’ri keladi.
Avvalroq Turkiya vaziri mamlakatdagi zilzilalardan ko'rilgan zararni 80 milliard dollarga baholagan edi. Zarar ko'rgan viloyatlar eksport uchun 40 foizga kamroq mahsulot ishlab chiqarmoqda, deya qo'shimcha qilgan vazir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20810 | Инструменты