Huawei 2
“Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” — Sergey Shoygu

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukraina urushda 111 mingdan ortiq askar yo‘qotganini maʼlum qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi tarqatgan hisobotga asoslanib, The Moscow Times nashri xabar berdi.

Shoygu Ukraina sharqiy frontda askarlarini tobora ko‘proq yo‘qotayotganini bildirgan. Butun urush davomida halok bo‘lganlar soni esa 110 mingdan oshganini alohida taʼkidlagan.

“Rossiya qo‘shinlari butun aloqa chizig‘i bo‘ylab dushman qo‘shinlari mudofaasini buzishda davom etmoqda”, — deyiladi Sergey Shoygu bayonotida.

Uning so'zlariga ko‘ra, Vashington Kiyev mudofaa tizimi qulashining oldini olish maqsadida faol ishlamoqda. Rossiya qo‘shinlarining olg‘a siljishini har qanday holatda ham to‘xtatib turish uchun faol bosim o‘tkazilmoqda. Bu esa oddiy ukrain askarlari halok bo‘lishi evaziga amalga oshirilmoqda.

Rossiya mudofaa vaziri Ukraina har kuni sharqda kamida ming nafar askaridan ayrilayotganini xabar qilgan. U, shuningdek, Rossiya so‘nggi haftalarda Avdeyevka shahri atrofidagi bir necha aholi punktlarini qo‘lga olganini aytgan.

AQSHda joylashgan Urushni o‘rganish instituti tahliliy markazining hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya hozirda Ukraina hududining qariyb 100 ming kvadrat kilometridan ko‘proq qismini nazorat qilmoqda. Bu hudud mamlakatning beshdan bir qismiga to‘g‘ri keladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga