Kecha, 10-aprel kuni Valensiya shahar kengashi 7-mayga qadar bir oy davom etadigan to'rt kunlik ish haftasini joriy etish bo'yicha tajribani boshladi, deya xabar berdi Antena 3 mahaliy nashri.
OAV xabariga ko’ra, 32 soatlik ish haftasini joriy etish inson farovonligi, shahar hayoti, iqtisodiyoti va atrof-muhitga ta’sirini o’rganishga qaratilgan.
Taʼkidlanishicha, dastur joriy oyning uch dushanbasiga bayram kunlari to’g’ri kelishi va yanvar oyidagi bayramlardan biri aprelga ko’chirilishi munosabati bilan tashkil qilingan. Unga ko'ra, 10-aprel - Pasxa dushanbasi, 17-aprel - avliyo Vinsent Ferrer kuni, 22-yanvar o'rniga 24-aprel avliyo Vinsent Muchenik kuni, 1-may esa mehnat bayrami nishonlanadi.
Ushbu tajriba natijalari iyul oyida shahar kengashining Las-Naves innovatsion markazida taqdim etilishi kutilmoqda.
Aytib o'tish lozimki, fevral oyida Buyuk Britaniyada e'lon qilingan huddi shunday tadqiqot shuni ko'rsatdiki, to'rt kunlik ish haftasini joriy etish bo'yicha olti oylik ish uslubida ishtirok etgan 61 kompaniyadan 56 tasi tajribani uzaytirishga, 18 tasi esa uni rasmiylashtirishga qaror qilgan.
Ma'lumot o'rnida, pilot loyihada qatnashgan 2900 nafar xodimning 5 kunlik ish haftasidek maoshlari saqlab qolingan. Ularning 39%i stresslari kamayganini, 40%i yaxshiroq uxlaganini hamda 54%i uy va ish majburiyatlarini muvozanatga keltirishga muvaffaq bo‘lganini aytgan.
Hozirda Buyuk Britaniya, Germaniya, Yangi Zelandiya, Shvetsiya, Islandiya, Italiya, Belgiya, Portugaliya kabi davlatlar to'rt kunlik ish haftasiga o'tish g'oyasini ilgari surmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52621 | Инструменты