AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp 20-yanvar kuni rasmiy lavozimga kirishganidan so‘ng dastlabki 100 kun ichida Xitoyga tashrif buyurish niyatida. Bu haqda The Wall Street Journal nashri manbalarga tayanib xabar berdi.
Nashrning maʼlumotlariga koʻra, Tramp oʻz maslahatchilariga Xitoy rahbari Si Szinpin bilan munosabatlarni mustahkamlash maqsadida Xitoyga borish istagini bildirgan. Nashrning qayd etishicha, safar bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan, biroq saylangan amerikalik yetakchi lavozimga kirishganidan keyin dastlabki 100 kun ichida tashrif buyurish istagini bildirgan.
Tramp Xitoyga oxirgi marta 2017-yilda tashrif buyurgan edi. Nashr taʼkidlaganidek, Tramp va Si Szinpin oʻz yordamchilari orqali shaxsiy uchrashuv oʻtkazish imkoniyatini muhokama qilgan, xususan, respublikachi Xitoy Xalq Respublikasi raisini AQShga taklif qilgan.
Amerikaning saylangan rahbari juma kuni Si Szinpin bilan telefon orqali suhbatlashdi va natijada Vashington va Pekin yaqin kelajakda ko‘plab muammolarni birgalikda hal qilishini aytdi.
Xitoy Xalq Respublikasi vitse-prezidenti Xan Chjen Xitoy yetakchisi Si Szinpinning maxsus vakili sifatida 20-yanvar kuni AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning inauguratsiya marosimida ishtirok etadi.
Xitoyga safaridan tashqari, Amerikaning yangi saylangan rahbari o‘z maslahatchilari bilan oxirgi marta 2020-yilda tashrif buyurgan Hindistonga tashrif buyurish imkoniyati haqida gaplashdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11915 | Инструменты