X ijtimoiy tarmog‘ining Parijdagi ofisida tintuv o‘tkazilmoqda — Parij prokuraturasi

Tintuvni Parij prokuraturasining kiberjinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi xodimlari kiberjandarmeriya va Yevropol bilan hamkorlikda 2025 yil yanvar oyida ochilgan tergov doirasida o‘tkazmoqda, deyiladi prokuratura bayonotida.

Tergov fransiyalik deputatning shikoyatidan keyin boshlangan. Uning aytishicha, X ijtimoiy tarmog‘idagi algoritmning noxolisligi avtomatlashtirilgan maʼlumotlarni qayta ishlash tizimi ishiga noto‘g‘ri taʼsir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Parij prokuraturasi X ijtimoiy tarmog‘ini tark etayotgani va keyingi muloqotni LinkedIn va Instagram orqali olib borishini maʼlum qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20318 | Инструменты