Xitoy xorijiy davlatlardan tashrif buyuruvchilar uchun koronavirus cheklovlarini bekor qildi. Endi mamlakatga kelgan sayohatchilar Xitoy elchixonalari yoki konsulliklaridan “sog’liqni saqlash kodini” olishi shart emas, deya xabar bermoqda mamlakat tashqi ishlar vazirligi.
Biroq, oxirgi 48 soat ichida olingan Covid-19 bo’yicha PZR testi hali ham talab qilinadi va isitma kabi koronavirus alomatlari bo’lgan yo’lovchilardan bojxonada antigen testini topshirishlari so’raladi.
Bundan tashqari, rasmiylar chet eldan kirib kelayotganlar uchun majburiy markazlashtirilgan karantinni bekor qildi. Shu kunga qadar tashrif buyuruvchilar 5 kun maxsus markazda, uch kun uylarida karantinga olinar edi.
Shuningdek, Xitoy hukumati mamlakatga kiruvchilar uchun karantin cheklovlari yumshatilishi rejalashtirilgani munosabati bilan xorijliklarga biznes, o’qish va tashrif vizalari berishni soddalashtiradi, dedi mamlakat tashqi ishlar vaziri.
Avvalroq Xitoyda bir kunda 37 million aholi COVID-19 bilan kasallangani va bunga mamlakatdagi karantin cheklovlarining yumshatilishi sabab bo’lgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80220 | Инструменты