Huawei 1
Yaman husiylari Tel Aviv aeroportiga hujum uyushtirdi

Yamanning “Ansor Alloh” husiylar harakati Isroil obyektlariga raketa hujumi uyushtirdi. Hujumning asosiy nishoni Tel Avivdagi Ben-Gurion aeroporti bo‘ldi. Bu haqda harakat rasmiy vakili Yahyo Sariya ma’lum qildi.

Yaman qurolli kuchlari raketa qo‘shinlari bosib olingan Yaffo hududidagi Ben-Gurion aeroportiga qarshi “Falastin-2” rusumli gipertovushli ballistik raketa yordamida harbiy operatsiya o‘tkazdi, deb xabar berildi harakat vakilining Telegram kanalida.

Yahyo Sariya matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, raketa nishonga yetib borgan va aeroport faoliyatiga zarar yetkazgan.

Bundan oldin Isroil Mudofaa armiyasi (SAXAL) Yaman tomonidan raketa uchirilgani haqida xabar bergan edi. SAXAL matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, havo obyekti urib tushirilgan.

Husiylar, shuningdek, Isroil portlaridan biriga yo‘l olgan Santa Ursula havo kemasiga dronlar yordamida zarba berganini ma’lum qilgan.

Harbiy-havo kuchlari Sokotra orolining sharqida, Arabiston dengizida Santa Ursula kemasiga qarshi dronlar yordamida operatsiya o‘tkazdi. Kemaga egalik qiluvchi kompaniya bosib olingan Falastin portlariga kirishni taqiqlash to‘g‘risidagi qarorni buzgani uchun hujum nishoniga aylandi, deyiladi bayonotda.

Bir kun avval Isroil armiyasi Yaman poytaxtidagi xalqaro aeroportga havo hujumlarini amalga oshirgan edi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122816 | Инструменты