Ozarbayjon raqamli rivojlanish va transport vaziri Rashad Nabiyev birinchi bo‘lib shunday bayonot berdi. Reuters manbalarining xabar berishicha, samolyot Grozniyga yaqinlashayotganda Rossiyaning "Pansir-S" havo mudofaa tizimi tomonidan o‘qqa tutilgan.
Ozarbayjon hukumati Bokudan Grozniyga yo‘l olgan Azerbaijan Airlines (AZAL) samolyoti qurol ta’siridan so‘ng Qozog‘istonda halokatga uchraganini ilk bor ommaviy ravishda ma’lum qildi. Buni 27-dekabr, juma kuni Ozarboyjon raqamli rivojlanish va transport vaziri Rashad Nabiyev amalga oshirdi.
Jurnalistlar bilan suhbatda u dastlab samolyot qushlar galasi bilan to‘qnashgani haqidagi versiya bo‘lganini, biroq Nabiyevning so‘zlariga ko‘ra, samolyotning yerdagi qoldiqlari va guvohlarning ko‘rsatmalari tashqi ta’sir haqida gapirishga imkon berganini aytdi. "Tergov bu aralashuv qanday qurol bilan amalga oshirilganini aniqlaydi", dedi vazir.
"Jarohatlangan yo‘lovchilar va tirik qolgan bort kuzatuvchilar Grozniy uzra o‘tayotganlarida portlash ovozini eshitganliklarini aytishdi. Hatto bort kuzatuvchilardan biri qo‘lidan yaralangan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar va OAV tomonidan tarqatilgan videolavhalardan ham ma’lum bo‘lishicha, ayol kishi qo‘li va oyog‘idan jarohatlangan. Bundan tashqari, samolyotning ichida va fyuzelyajida ko‘zga ko‘rinadigan teshiklar bor. Rossiya fuqarolari bo‘lgan jabrlanuvchilar ham Grozniy uzra parvoz vaqtida uchta portlashni eshitganliklarini aytishdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, portlashlar tashqarida sodir bo‘lgan, keyin esa samolyotga nimadir tegib ketgan", — dedi Nabiyev.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122905 | Инструменты