O'zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (9-sonli BHMS) “Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot” Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi.
Mazkur BHMS xo'jalik yurituvchi subyektlar (bundan byudjet tashkilotlari va nobank kredit tashkilotlari mustasno) tomonidan buxgalteriya hisobini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Tashkilot BHMS talablariga muvofiq pul oqimlari to'g'risidagi hisobotni tayyorlaydi va uni har bir hisobot davri uchun tuziladigan moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi sifatida taqdim etadi.
Pul oqimlari to'g'risidagi hisobot pul tushumlari va to'lovlari uchta asosiy toifaga ajratiladi: operatsion faoliyat, investitsiya faoliyati va moliyaviy faoliyat.
Operatsion faoliyatning pul oqimlari tashkilotning asosiy faoliyatidan kelib chiqadi.
Operatsion faoliyatning pul oqimlariga quyidagilar kirishi mumkin:
- mahsulot (ishlar va xizmatlar) sotishdan pul mablag'larining kelib tushishi;
- royalti, badallar, vositachilik haqqi va boshqalar bo'yicha pul mablag'lari tushumi;
- yetkazib beruvchilarga to'langan pul mablag'lari;
- xodimlarga to'langan mablag'lar va xodimlar nomidan pul mablag'lari to'lovlari;
- operatsion faoliyatga tegishli bo'lgan soliqlar bo'yicha pul mablag'lari to'lovlari yoki ularning qaytarilishi;
- savdo yoki dilerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar bo'yicha pul mablag'lari tushumlari va to'lovlari.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122906 | Инструменты