Huawei 1
Yaponiya kichik biznesga yordam berish maqsadida $280 milliard ajratadi

Yaponiya Markaziy banki koronavirus pandemiyasi oqibatida qiyinchiliklarga duchor bo’lgan kichik va o’rta biznesga ko’mak berish maqsadida $280 milliard dollar ajratmoqchi.

Ushbu mablag’lar iyun oyida tijorat banklariga taqdim etiladi. Shu bilan birga, yordam puli foizsiz va ta’minlanmagan kredit shaklida ajratiladi. Bir necha hafta oldin hukumat koropartiv obligatsiyalarni sotib olish uchun $187 milliard yo’naltirishini ma’lum qilgan edi.

$234 milliard dollar miqdoridagi mablag’ xususiy qarzni moliyalashtirish maqsadida ajratiladi.

Dunyoning uchinchi eng yirik iqtisodiyoti iste'molning turg'unligi, turizm va eksportning zaiflashuviga qarshi kurashishga bor g’ayratini ishga solmoqda.

Huddi shunday tadbirlar dunyodagi ko’plab markaziy banklar, jumladan, AQSh Federal Zaxira Tizimi tomonidan ham amalga oshirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11421 | Инструменты