Turli universitetlardagi ilmiy guruhlar hayvonlar tilini tushunadigan neyrotarmoqlar ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda. Buning uchun hozirda ma’lumotlar bazasi to‘planyapti. Ular asosida sun’iy intellekt hayvonlarning harakati, ovozi va yuz ifodasiga qarab nima demoqchi ekanligini aniqlab beradi.
Tadqiqotchilar yaqin 3 yil ichida ushbu sohada katta muvaffaqiyatga erishishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Bunday neyrotarmoqning yaratilishi ko‘plab uy hayvoni egalarining orzusini ro‘yobga chiqaradi.
Yana bir loyiha Linkoln universiteti olimlari tomonidan amalga oshirilmoqda. Ular sun’iy intellekt yordamida mushuk va kuchuklarning mimikasi va ovozini tasniflab, tarjima qilib beradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10303 | Инструменты