Huawei 1
Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni olti oyga uzaytirdi

Yevropa Ittifoqi rahbarlari Rossiyaga qarshi asosiy iqtisodiy sanksiyalarni yana olti oyga uzaytirishga kelishib oldilar. Bu haqida juma kuni Germaniya kansleri Angela Merkel xabar berdi.

Sanksiyalar Rossiyaning energetika, moliya va mudofaa sektoriga qaratilgan. Ularning muddati iyul ohirida yakunlanishi kerak edi.

Merkel Yevropa Ittifoqi rahbarlarining navbatdagi uchrashuvida so’zga chiqib Gruziya fuqarosining Berlinda o’ldirib ketilganini eslatib o’tdi. Federal prokurorlarning fikriga ko’ra ushbu jinoyat Rossiya tomonidan uyushtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91316 | Инструменты