YouTube AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning kanalidan ikki yildan ortiq vaqtdan beri amalda bo’lgan cheklovlarni olib tashladi. Bu haqda YouTube vitse-prezidenti Lesli Miller ma’lum qildi.
“Bugundan boshlab Donald Trampning kanali bloklanmaydi. U yangi kontentni yuklashi mumkin. Biz haqiqiy zo’ravonlik xavfini va uning saylovchilarning bo’lajak milliy saylovlarda asosiy o’yinchilardan birining ovozini eshitish qobiliyati bilan qanday bog’liqligini sinchkovlik bilan baholab chiqdik. Trampning kanali boshqa kanallar kabi talablarga bo’ysunishda davom etadi", deya izoh berdi Miller.
Eslatib o’tamiz, Amerikaning aksariyat ijtimoiy tarmoqlari, aloqa xizmatlari va kommutatsiya platformalari 2021-yil 7-yanvarda Kapitoliy binosidagi voqealar fonida Trampning akkauntlarini nomaʼlum muddatga bloklagan edi. 12-yanvar kuni esa Youtube Trampning kanalini butunlay blokladi.
2022-yil 20-noyabr kuni Ilon Mask foydalanuvchilar o’rtasida ovoz berishdan so’ng Twitter tarmoqg’ida AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning akkauntini tikladi.
Sobiq prezidentning Twitter akkaunti blokdan chiqarilganidan so‘ng bir necha soat ichida uning obunachilari 25 millionga yetdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72315 | Инструменты