Yuliya Timoshenkoda koronavirus aniqlandi

Ukraina sobiq bosh vaziri, amaldagi Verhovnaya Rada deputati Yuliya Timoshenko koronavirus bilan kasallandi. Uning partiyasi e'lon qilgan xabarga ko'ra, Timoshenkoning ahvoli og'ir.

Partiya vakillarining aytishicha, 59 yoshli  sobiq bosh vazirda yuqori harorat bir necha kundan beri davom etmoqda. Hozirda u kasalxonaga yotqizilganmi yoki yo'qmi-noma'lum.

Ukrainada shu kunlarda COVID-19 bilan kasallanganlar soni keskin ko'paymoqda.

Ohirgi 24 soat ichida 2,300dan ortiq yangi bemorlar aniqlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50519 | Инструменты