Huawei 1
Zelenskiy BMTda Ukraina uchun “tinchlik formulasi” haqida gapirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT Bosh Assambleyasidagi nutqi chog‘ida besh bandni o‘z ichiga olgan “tinchlik formulasi”ning tarkibiy qismlarini ochib berdi, ular – jazo, hayotni himoya qilish, tiklanish, xavfsizlik kafolatlari va qat’iylik.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u taqdim etgan formula nafaqat Ukraina uchun, balki shunga o‘xshash vaziyatga tushib qolishi mumkin bo‘lgan har bir kishi uchun ishlay oladi.

“Tinchlik formulasi”ning birinchi bandi jazoni nazarda tutadi - sanksiyalar, savdo va munosabatlarni blokirovka qilish, shuningdek, maxsus tribunal. Ukraina prezidentining taʼkidlashicha, Kiyev “bunday tribunal yaratish boʻyicha aniq qadamlar tayyorlagan va bu qadamlar barcha davlatlarga taqdim etiladi”.

Keyingi bandni Zelenskiy “hayotni himoya qilish” deb atadi. Bu bilan u harbiy va moliyaviy yordamni nazarda tutadi. “Agar [mamlakat] qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar bilan yordamga muhtoj boʻlsa, bunday yordam koʻrsatilishi kerak, agar moliyaviy yordam kerak boʻlsa, u ham koʻrsatilishi kerak, agar razvedka maʼlumotlari bilan yordam berish kerak boʻlsa, buni qilish kerak”, - ta'kidladi Ukraina prezidenti. Zelenskiy, shuningdek, Ukraina ichki barqarorlikni ta'minlash va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish uchun moliyaviy yordamga muhtojligini tushuntirdi.

“Formula”ning uchinchi bandi hududiy yaxlitlik va xavfsizlikni tiklanishini nazarda tutadi, dedi Ukraina prezidenti.

To'rtinchi band xavfsizlik kafolatlari haqida. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevda “Ukraina, Yevropa va butun dunyo uchun xavfsizlik arxitekturasini yaxshilash” takliflari bor. Prezident “tinchlik formulasi” matnini olgan har bir kishi “bu tafsilotlar xavfsizlik kafolatlari uchun juda muhim ekaniga” ishonch hosil qilishi mumkinligini taʼkidladi.

“Formula”ning beshinchi bandi - qat’iylik. Zelenskiy bu pozitsiyasiz “barcha qolgan bandlar ishlamasligini” ta'kidladi.

Prezidentning soʻzlariga koʻra, “tinchlik formulasi”da betaraflik yoʻq, bu haqda gapirayotganlar esa “boshqa narsani nazarda tutadi, befarqlik haqida gapiradi”.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51110 | Инструменты