Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy navbatdagi tinchlik konferensiyasi Rossiya ishtirokisiz natija bermasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyoning aksariyat davlatlari bu pozitsiyaga amal qiladi.
“Bugun dunyoning koʻpchiligi Rossiya ikkinchi tinchlik sammitida (Ukrainadagi vaziyat boʻyicha) ishtirok etishi kerakligini aytmoqda, aks holda biz hayotiy natijalarga erisha olmaymiz. Butun dunyo ularning muzokaralar stolida o‘tirishini istasa, biz bunga qarshi bo‘la olmaymiz”, — dedi Zelenskiy Le Monde nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 15-16-iyun kunlari Shveysariyada Rossiya-Ukraina mojarosi bo'yicha konferensiya bo'lib o'tdi, unga Moskva taklif qilinmadi; Ukraina prezidenti idorasi navbatdagi sammitni o'tkazishni "kechiktirishni" istamasligini aytdi. Bu yil oxirigacha Global janubdagi mamlakatlardan birida bo'lib o'tishi kutilmoqda. Ukrainaning “Zerkalo Nedeli” nashri so‘roviga ko‘ra, ukrainaliklarning 44 foizi Rossiya Federatsiyasi bilan muzokara tarafdori bo‘lgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11318 | Инструменты