Zelenskiy: NATOga a’zo bo’lamizmi yoki yo’qmi???
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kuni kecha AQSh prezidenti Jo Baydenga NATO harbiy Ittifoqiga a'zo bo'lish rejasini taqdim etish to'g'risida aniq "ha" yoki "yo'q" degan javobni olishni istayotganini aytdi.
Reuters axborot agentligiga bergan intervyusida Zelenskiy Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo’lib o’tadigan uchrashuvda Ukrainadan muzokaralar vositasi sifatida foydalanmasligini ma’lum qilganini aytdi.
U Qo'shma Shtatlarni Ukrainaga iqtisodiy yordam berishga chaqirdi va Bayden, hamda Xalqaro valyuta jamg'armasini "adolatsiz" talablarni ilgari surishdan oldin Ukraina muammolarini tushunishga chaqirdi.
"Biz NATO borasdia Ukraina uchun aniq sanalar va aniq javobni olishimiz kerak’, dedi Zelenskiy.
Zelenskiy ushbu gaplarni aytgan bir paytda Bryuseelda NATOga a’zo davlatlar uchrashuvi bo’lib o’tayotgan edi, va Ukraina unda ishtirok etmagani uchun o’z noroziligini bildirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61400 | Инструменты