Huawei 1
O‘zbekistonda avtomobillar uchun metan va propan narxi oshgani haqida xabarlar tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Propan” gaz narxlarining keskin oshganligi yuzasidan eʼtirozlar tarqalib, jamoatchilik tomonidan muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Raqobat qo‘mitasi yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda o‘z vakolatlari doirasida tovar-xom ashyo birjalari orqali realizatsiya qilinishi belgilangan suyultirilgan gaz mahsulotining qo‘yilishi va sotilishi yuzasidan tegishli o‘rganishlarni olib bormoqda.

O‘rganish yakunlari yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot taqdim etiladi.

Maʼlumot uchun, Raqobat qo‘mitasi o‘z funksiyalaridan kelib chiqqan holda birja savdolarida sotilayotgan yuqori likvidli mahsulotlarning realizatsiyasi holatini doimiy tahlil qilib keladi, xususan, suyultirilgan gazning narxlarini oshishi mumkinligini oldindan prognoz qilgan holda, uning narxini barqarorlashtirishni taʼminlash maqsadida tegishli choralar ko‘rish yuzasidan masʼul regulyatorga (15.07.2024 yil) xabar yuborilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91304 | Инструменты