Huawei 1
O‘zbekiston va Qozog‘iston Yevroosiyo fuqaro aviatsiyasi konferensiyasini tashkil etish tashabbusi bo'yicha hujjatni imzoladi

10-sentabr kuni “O‘zaviatsiya” agentligi va “Qozog‘iston Aviatsiya ma’muriyati” AJ rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda Armaniston, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Moldova, Tojikiston va O‘zbekiston ishtirokida “Yevrosiyo Fuqaro Aviatsiyasi Konferensiyasi”ni (EACAC - EuraAsian Civil Aviation Conference) tashkil etish bo‘yicha qo‘shma tashabbus muhokama qilindi.

Shuningdek, parvozlar xavfsizligi masalalari bo'yicha idoralar o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91802 | Инструменты