AQSh terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan Maurisio Pochettino terma jamoalar tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyga aylandi. Bu haqda ESPN telekanalining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berildi.
Pochettino AQSh milliy jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Unga shu davr mobaynida 6 mln yevro maosh to‘lanadi. Hali hech bir terma jamoa bosh murabbiysiga buncha ko‘p pul to‘lanmagan.
Shu yilning may oyida Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiy Murisio Pochettino bilan mehnat shartnomasini bekor qilgandi. Uning shartnomasi muddati 2025-yilgacha edi. Bungacha argentinalik mutaxassis «Pari Sen-Jermen», «Tottenhem», «Sautgempton» va «Espanol»da ishlagan.
AQSh terma jamoasi 2026-yilgi mundial finalida mezbonlardan biri sifatida qatnashadi. Turnir AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100318 | Инструменты