Huawei 1
20 iyul – Xalqaro tort kuni

Xalqaro miqyosda bu kun ilk marotaba 2011 yilning 20 iyulida nishonlangandi.  Aynan o'shanda faol qatnashgan davlatlar, ya'ni Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya, Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston, Isroil va AQSH – xalqaro bayramga asos solishgan. Shu kuni dunyoda birinchi jamoaviy “ko'p millatli” tinchlikparvar tort pishirilgandi.

 Uni tayyorlashda bayram saytiga o'zlari pishirgan tortlarning fotosuratini yuborgan ko'plab odamlar ishtirok etgan. Keyin barcha tortlarning o'lchamlari umumlashtirilgan, va jamoa bo'lib tayyorlangan tinchlikparvar tortning chegarasi Yevropa, Osiyo, Amerika va Yaqin Sharqni qamrab olgan.

 O'shandan beri Tort kuni har yilgi shirin an'anaga aylandi, unda qatnashuvchi mamlakatlar soni esa tobora ortib boryapti. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100915 | Инструменты