Legatum Institute tahliliy markazi mamlakatlarning farovonlik darajasi bo‘yicha navbatdagi reytingini e’lon qildi.
2023-yilgi reytingda 167 ta davlat o’rin olgan. Tadqiqotchilar eng gullab-yashnayotgan mamlakatlar sifatida Daniya, Shvetsiya va Norvegiyani e’tirof etishgan. Finlyandiya va Shveysariya keyingi o‘rinlarda.
Shuningdek, kuchli o'ntalikka quyidagi mamlakatlar kirgan:
- Niderlandiya;
- Lyuksemburg;
- Islandiya;
- Germaniya;
- Yangi Zelandiya.
Avstraliya 15-oʻrinda, AQSh 19-oʻrinda, Italiya 30-oʻrinda, Polsha 37-oʻrinda, Argentina 58-oʻrinda, Iordaniya 86-oʻrinda, Hindiston 103-oʻrinda, Zimbabve 139-oʻrinda joylashgan.
Ro‘yxatning oxirog’ida Pokiston, Myanma, Venesuela, Kongo, Mali, Efiopiya, Angola, Gaiti, Suriya joylashgan.
Reytingning so‘nggi besh pog‘onasini Somali, Afg‘oniston, Markaziy Afrika Respublikasi, Yaman va Janubiy Sudan egallagan.
Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yaxshi ko'rsatkich Qozog‘iston tomonidan qayd etilgan (69-o’rin). O‘zbekiston farovonlik bo'yicha mamlakatlar reytingida 100-o'rinni egalladi.
Qolgan Markaziy Osiyo mamlakatlari reytingda quyidagicha joylashgan:
Qirg‘iziston – 94-o‘rin;
Turkmaniston – 107-o‘rin;
Tojikiston – 113-o‘rin.
O'zbekiston ko'rsatkichlari:
O‘zbekiston umumiy reytingda bir yilda 13 pog‘onaga ko‘tarildi. Mamlakat ijtimoiy kapital va sog'liqni saqlash bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan, shu bilan birga shaxsiy erkinlik va ekologiya bo‘yicha eng past ko‘rsatkichni qayd etgan.
Farovonlik indeksi (Legatum Prosperity Index) - Britaniyaning Legatum Institute tahlil markazining jamlangan ko‘rsatkichi bo‘lib, dunyo mamlakatlari yutuqlarini ularning farovonligi nuqtai nazaridan baholaydi.
Ro‘yxatning yuqori qismida fuqarolari qulay sharoitlarda yashayotgan, turmush darajasi va sifati muntazam ravishda yaxshilanib boruvchi davlatlar joylashgan.
Indeks jamiyatning turli jihatlarini va ijtimoiy farovonlik parametrlarini aks ettiruvchi turli ko'rsatkichlar asosida tuziladi. Jumladan:
- iqtisodiyot;
- tadbirkorlik;
- davlat boshqaruvi;
- ta'lim;
- sog'liqni saqlash;
- xavfsizlik;
- shaxsiy erkinliklar;
- ijtimoiy kapital;
- ekologiya.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122518 | Инструменты