Ular AITB "Ipak Yo‘li", "ASIA ALLIANCE BANK" ATB, "Orient Finans" XATB, "HAYOT BANK" AJ.
Markaziy bank Boshqaruvining 2026-yil 18-noyabrdagi tegishli qarorlariga muvofiq, 4 ta tijorat banklariga islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berildi. Ular AITB "Ipak Yo‘li", "ASIA ALLIANCE BANK" ATB, "Orient Finans" XATB, "HAYOT BANK" AJ.
Mazkur litsenziyalar banklarga Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 5¹-moddasida nazarda tutilgan islomiy moliya operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beradi.
Siz tanlagan bank tegishli litsenziyaga egami? Bank xizmatlaridan foydalanishdan oldin Markaziy bankning rasmiy saytida tekshiring.
Avvalroq, Markaziy bank islomiy bank faoliyati uchun O'zbekistonda ilk bor “Open bank” AJ ga litsenziya berdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111814 | Инструменты