Jami aholining 50,6% shahar aholisini, qishloqda istiqomat qiluvchilar esa 49,4% ni tashkil etmoqda.
2018-yil 1-oktabr holatiga O'zbekiston doimiy aholisi soni 33 mln 85 ming 200 kishini tashkil etmoqda. Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, hisobot davrida ko'rsatkich 428 ming 500 kishiga yoki 1,3 %ga o'sish kuzatilganini ko'rsatmoqda.
O'tgan davr mobaynida tug'ilish soni 553400 kishini, vafot etganlar soni esa 112600 kishini tashkil etgan. Ko'chib kelganlar 121 700 kishini, ko'chib ketganlar esa 134 ming kishidan iborat. Bu tabiiy va texnik ko'rsatkichlar natijasida mamlakat aholisi 428500 kishiga o'sgan. Aholi soni oshishi o'tgan yilga nisbatan 34000 kishiga ortganini ko'rishimiz mumkin.
E'tiboringizga, 1-oktabr holatiga hududlar kesimida doimiy aholi sonini havola etsak. Tahlillar eng ko'p aholi soni Samarqand viloyatida – 3777800 kishi va Farg'ona viloyatida – 3665600 kishini tashkil etganini ko'rsatmoqda. Eng kam aholi esa Sirdaryo viloyatida – 825800 kishini va Navoiy viloyatida – 969700 kishini tashkil qilganini ko'rishimiz mumkin.
Shu yilning yanvar-sentabr oylarida 553400 kishi tug'ilgan bo'lsa, shundan 289300 nafarini o'g'il bolalar, qolgan 264100 nafarini qiz bolalar tashkil etmoqda.
Tug'ilishdagi kabi vafot etganlarda ham erkaklar ko'pchilikni tashkil etmoqda. Vafot etganlarning 61100 nafari erkak, qolgan 51500 nafari ayoldan iborat.
Shu yilning 9 oyi mobaynida FHDYO organlari tomonidan 196 mingta nikoh qayd etilib, mos ravishda ajralishlar 23800 tani tashkil etgan.
1-oktabr holatiga aholi zichligi 1 kv. km. hududda 73 nafardan ko'proq kishini tashkil etmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120611 | Инструменты