Alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalar bilan “oilabay” ishlash tizimi joriy etiladi

“Alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalarni taʼlim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–292-son, 04.08.2026 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2026-yil 1 sentyabrdan boshlab alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalarni taʼlim, ijtimoiy yordam va xizmatlarga jalb qilish boʻyicha “oilabay” ishlash tizimi joriy etiladi. Bunda ijtimoiy xodim tomonidan:

- ota-onaga bolani taʼlim va ijtimoiy xizmatlarga jalb etish boʻyicha amaliy koʻmak koʻrsatib boriladi;

- bolaning taʼlim va ijtimoiy xizmatlardan foydalanayotganligi doimiy ravishda monitoring qilib boriladi, zaruratga koʻra boshqa ijtimoiy yordam va xizmatlarga jalb qilish choralari koʻriladi.

3–18 yoshdagi bolalarning alohida taʼlimga ehtiyojini aniqlash va davlat taʼlim muassasalariga yoʻnaltirish “Inson” markazlarining Bolani kompleks baholash guruhi (baholash guruhi) tomonidan amalga oshiriladi. Bunda:

- baholash guruhi tomonidan 3–18 yoshdagi bolaning taʼlimga ehtiyojini baholash psixologik-pedagogik diagnostik mezonlar asosida;

- funksional imkoniyati, kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini baholash esa nogironlikni baholash shkalasining mahalliy shart-sharoitlarga moslashtirilgan mezonlari asosida amalga oshiriladi;

- baholash guruhi faoliyati 2026-yil 1-oktyabrdan boshlab Navoiy va Xorazm viloyatlarida yoʻlga qoʻyiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 80615 | Инструменты