Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Migratsiya agentligining mas’ul shaxslari agentlik xodimlari B.D. va N.A.ning amalda ishlamagan davri uchun 931,6 mln so‘m ish haqi sifatida hamda intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan va jazo amal qilgan davrda Mehnat kodeksining talablariga zid ravishda 8 nafar xodimga 88,5 mln so‘m to‘lab berib byudjet mablag‘larini rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80516 | Инструменты