Joriy yil 13-17-noyabr kunlari "Silk Road Samarkand" sayyohlik markazining kongress zalida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho'llanishga qarshi kurash to'g'risidagi konvensiyasi (UNCDD) ijrosini ko'rib chiqish qo'mitasining 21-sessiyasi bo'lib o'tadi.
UNCDD cho'llanish, yerlarning degradatsiyasiga qarshi kurashish va qurg'oqchilik oqibatlarini yumshatish uchun xalqaro darajadagi davlat hamda xususiy sektoring sa'y-harakatlarini brlashtirish uchun yaratilgan.
Konvensiyada Yevropa Ittifoqi hamda 196 ta davlat ishtirokchi hisoblanadi. Konvensiya insoniyatni oziq-ovqat, suv, boshpana va iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta'minlash uchun yer degradatsiyasi oqibatlarini yumshatish va yerni himoya qilish bo'yicha ko'p tomonlama majburiyati o'z ichiga oladi.
Konvensiya 1994-yil 17-iyunda Parijda Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tgan BMTning atrof-muhit va rivojlanish bo'yicha konferensiyasida qabul qilingan va 1996-yil 26-dekabrda kuchga kirgan. 2012-yilda konvensiya 195 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan.
O'zbekiston Respublikasi Osiyo mintaqasi va MDH davlatlari orasida birinchi bo'lib 1995-yilda Birlashgan
Millatlar Tashkilotining Cho'llanishga garshi kurashish to'g'risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122219 | Инструменты