Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda — JSST

Dunyo bo‘ylab har yili 1 milliardga yaqin bola zo‘ravonlikka uchraydi, har besh daqiqada ulardan biri vafot etadi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) Sharqiy O‘rta Yer dengizi mintaqaviy byurosiga ma'lum qildi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bolalar jismoniy, jinsiy yoki ruhiy zo‘ravonlikka duch keladi. Bu ularning jismoniy va ruhiy salomatligiga uzoq muddat zarar yetkazishi mumkin.

“Har besh daqiqada zo‘ravonlik oqibatida bir bola hayotdan ko‘z yummoqda. Bu o‘limlarning va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday shakli yetkazadigan uzoq muddatli zararning oldini olish mumkin”, deya ta’kidladi mintaqaviy byuro.

Byuro Pokistonda 2026–2031-yillarga mo‘ljallangan, bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha milliy strategiyaga e’tibor qaratdi. Strategiya “mamlakatda yashovchi 120 million bolani profilaktik va himoya qilish choralarini kuchaytirishga” qaratilgan.

Ta’kidlanishicha, Pokistondagi bolalarning qariyb 80 foizi tarbiyada zo‘ravonlik usullariga duch keladi. Internetdan foydalanuvchi 12–17 yoshli har 16 nafar o‘smirdan biri raqamli texnologiyalar orqali ekspluatatsiya yoki shafqatsiz munosabatga uchraydi. Shuningdek, 8,6 million bola mehnatga jalb qilingan, besh yoshgacha bo‘lganlarning 57 foizdan ortig‘i esa fuqarolikni qayd etish organlarida ro‘yxatdan o‘tmagan. Bu holat ularni zo‘ravonlikka duchor qilishi, himoya va asosiy xizmatlardan foydalanishni cheklashi mumkin.

Milliy strategiyaning maqsadi “har bir bola uchun, uning ijtimoiy yoki iqtisodiy holatidan qat’i nazar, profilaktika, himoya, tiklanish, reintegratsiya va adolatli tizimni mustahkamlashdan iborat”.

“Pokiston bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllariga barham berish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini amalga oshirishda JSST yordamiga tayanishi mumkin”, dedi tashkilotning Pokistondagi vakili Lo Dapen.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102017 | Инструменты