Huawei 1
2022-yilda O'zbekistondagi 134 ta muzeyga 6,5 mln nafar kishi tashrif buyurgan

18-may - Xalqaro muzeylar kuni. Xalqaro muzeylar kuni butun dunyo boʻylab, 1977-yilda Moskva va Leningradda Xalqaro muzeylar kengashi 11-Bosh konferensiyasi kengashi boʻlib oʻtgandan beri nishonlanadi. Rezolyutsiya xuddi shu 1977-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan Xalqaro Muzeylar Kengashining (ICOM) Bosh Assambleyasida qabul qilingan.

1992-yilda Xalqaro muzeylar kunini rasmiy ravishda tashkil etuvchi ICOM Kengashi maʼlum bir mavzuda tadbir oʻtkazishni taklif qilgan. Oʻshandan beri har yili Xalqaro muzeylar kunida turli mavzularga bagʻishlangan tadbirlar o'tkaziladi.

Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvar holatiga ko'ra, O‘zbekistondagi muzeylar soni 134 tani tashkil etib, ularga 2022-yil davomida 6,5 mln kishi tashrif buyurgan.

Tashrif buyuruvchilarning 51,9 foizini o‘quvchi va talabalar tashkil etgan.

Yillar kesimida tashrif buyuruvchilar soni:  

2020-yilda – 1515,8 ming kishi

2021-yilda – 5100,0 ming kishi

2022-yilda – 6500,9 ming kishi  

Ma'lumot uchun, respublika muzeylari fondida O‘zbekiston tarixi bilan bog‘liq 2,5 mlndan ziyod noyob ashyo va kolleksiya saqlanadi.

Eslatib o'tamiz, ushbu sana munosabati bilan bugun Toshkentdagi barcha muzeylarda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkaziladi va unda bepul qatnashish mumkin. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122121 | Инструменты