Huawei 1
Buxorodagi 139 ta madaniy meros obyekti sayyohlik marshrutiga kiritilgan

Oliy Majlis Senatining 4-5 avgust kunlari bo'lib o'tgan 29-yalpi majlisida Buxoro viloyati hokimining turizm sohasini yangi bosqichga ko'tarish va xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish borasidagi ishlar yuzasidan ma'ruzasi eshitildi.

Bundan tashqari, sayyohlik salohiyatidan samarali foydalanish maqsadida madaniy meros obyektlari bo'yicha turistik yo'nalishlarni ko'paytirilishi kerakligi ta'kidlandi. Ayni vaqtda viloyatdagi 829 ta madaniy meros obyektlaridan 139 tasi sayyohlik marshrutiga kiritilgan.

Shu bilan birga, senatorlar sohadagi mavjud kamchiliklarga e'tibor qaratish va ularni o'z vaqtida bartaraf etish zarurligini aytdi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Buxoroning 7 ta madaniy meros obyektlari Islom olami madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgani, O'zbekistonda nechta moddiy madaniy meros obyektlari borligi haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50905 | Инструменты