7 may kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan AYOQSHlardan birida ZIL yonib ketdi va oqibatda ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat taxminan 15:06 larda Kattaqo‘rg‘on tumani “Qo‘shtepa” MFYda joylashgan “YIGITALI” MCHJga qarashli AYOQSH hovlisidagi yer usti qismida joylashgan 2 dona hajmi 10 metr kub bo‘lgan yoqilg‘i saqlovchi sig‘imlariga (solyarka) ZIL rusumli avtomashinada yoqilg‘i quyish vaqtida yong‘in sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnash oqibatida 2 nafar fuqaro vafot etgan va 1 nafar fuqaro tan jarohati bilan tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50821 | Инструменты