Huawei 1
CHNN Travel 2024-yilda Oʻzbekistonga tashrif buyurishni tavsiya qilmoqda

CHNN Travel 2024-yilda Oʻzbekistonni jozibador sayyohlik yoʻnalishlari roʻyxatiga kiritdi.

«Olib borilgan qator islohotlar tufayli Oʻzbekiston pandemiyadan oldin xalqaro darajadagi sayyohlik markaziga aylanish yoʻlida katta qadamlar tashlagan edi. Nihoyat, oʻsha vaqti keldi», – deb yozadi muallif.

Qoʻllanmada 86 davlat fuqarolari uchun vizasiz kirish, Oʻzbekistonning beqiyos landshaftlari va yaxshi saqlanib qolgan arxitekturasi mamlakatga tashrif buyurish uchun sabab sifatida qayd etilgan.

«Oʻzbekistonning Xitoy va Hindistondan Oʻrta yer dengizigacha boʻlgan tarixiy savdo yoʻli — afsonaviy Ipak yoʻlining markazida tutgan oʻrnini yaxshiroq tushunish uchun Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga tashrif buyuring. Ayni paytda, Samarqanddan 3,5 soatlik yshlda joylashgan togʻli Sentob qishlogʻi YUNESKOning 2023-yildagi «Eng yaxshi sayyohlik qishloqlari» roʻyxatiga kiritildi», – deyiladi maqolada.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122218 | Инструменты