Huawei 1
Italiyada "O'zbekiston – Ipak yo'li durdonasi" nomli turistik taqdimot bo'lib o'tdi

Florensiya shahridagi "Mirzo Ulug'bek" milliy-madaniy markazda O'zbekistonning turistik salohiyatiga bag'ishlangan "O'zbekiston – Ipak yo'li durdonasi" nomli taqdimot bo'lib o'tdi.

Taqdimot O'zbekistonning Italiyadagi elchixonasi tomonidan mamlakatimizning Toskana va Umbriya viloyatlaridagi Faxriy konsulligi hamda Italiyaning "Adventus Tour" kompaniyasi hamkorligida o'tkazildi.

"Mirzo Ulug'bek" milliy-madaniy markazining direktori Komila Kirgizova italiyalik mehmonlarni O'zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi, dunyoning turli burchaklaridan keladigan sayyohlarning qiziqishini uyg'otadigan va e'tiborini tortadigan ko'hna markazlar – Samarqand, Buxoro va Xiva bilan tanishtirdi.

Italiyaning "Adventus Tour" kompaniyasi rahbari kompaniya har yili O'zbekistonning sayyohlik yo'nalishlari bo'ylab mingga yaqin Italiya fuqarolarini yuborishini ma'lum qilib, sayyohlar orasida ushbu yo'nalish yuqori talabga egaligi va shu sababli "Uzbekistan Airways"ning to'g'ridan-to'g'ri reyslariga aviachiptalar bir necha oy oldin bron qilinishini alohida ta'kidladi.

Tadbirda ishtirok etgan Italiya kompaniyalari taqdimot davomida O'zbekiston imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lganlari, mamlakatimiz yo'nalishida sayyohlar guruhlarining muntazam safarlarini yo'lga qo'yishga qiziqishlarini bildirdilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122218 | Инструменты