Huawei 1
"Milliy liboslar tarixi" modalar namoyishi o‘tkazildi

"O‘zbekiston madaniy merosi – Yangi Renessans asosi" madaniy tadbirlar haftaligi doirasida 7-iyul kuni “Milliy liboslar tarixi” modalar namoyishi o‘tkazildi.

Toshkent shahrida yangidan qad rostalagan "Ivent Hall” majmuasida bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati a’zolari, Hukumat vakillari, haftalik doirasida mamlakatimizga tashrif buyurgan xorijlik rasmiylar, xorij davlatlarining O‘zbekistondagi rasmiy vakolatxonalari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

O‘zbek milliy urf-odati hamda qadriyatlarini targ‘ib etuvchi liboslarni ommaga taqdim etish, yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tadbir Madaniyat va turizm vazirligi, "Osiyo ramzi" assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

"Milliy liboslar tarixi" modalar namoyishi tadbiri ishtirokchilari xalq turmushining boshqa sohalari singari milliy liboslarni o‘rganish har bir xalqning etnik tarixi va madaniyatini, uning boshqa xalqlar bilan o’zaro aloqalarini tatbiq etish bilan chambarchas bog‘liqligi va u moddiy va ma’naviy yodgorliklar ichida xalqlarning milliy o‘ziga xosligini aks ettiruvchi va etnik belgilarini ko’rsatuvchi mezon ekanligini alohida qayd etishdi.

Shu ma’noda libos tarixini o‘rganish yer kurrasida mana necha ming yillardan beri yashab kelayotgan xalqlar boy madaniy merosi, shu bilan birga ularning an’analari, yashash tarzi haqida kattagina ma’lumot ham beradi. Liboslar nafaqat insonlarning tabiiy va estetik ehtiyojlarini qondiradi, shu bilan birga ularda har bir millatning urf-odatlari, ijtimoiy munosabatlar, mafkuraning ba’zi bir elementlari, diniy e’tiqod, nafosat va estetik normalar o‘z aksini topgan.

Har bir davlatning oʻziga xos liboslari, urf-odatlari, marosimlari boʻlib, ularning har biri shu davlatnig oʻtmishini, faoliyatini, aks ettirib turadigan millat koʻzgusidir. Bularni bir tushuncha bilan aytganda milliylik deyiladi.

Dastur doirasida O'zbekistonning turli mintaqalari qadriyatlarini aks ettirivchi liboslar zardo‘z, cho‘ponlar, cho‘girma, atlas  va adras matolaridan  liboslar namoyishi tashkil etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12406 | Инструменты